Janubiy Koreya dunyodagi eng innovatsion davlat nomini saqlab qoldi
Janubiy Koreya dunyodagi eng innovatsion davlat nomini saqlab qoldi. Bu haqda Bloomberg Innovation Index tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarda aytiladi. Reyting yettita omilni hisobga oladi: patent faoliyati, ilmiy xodimlarning zichligi, oliy ta'lim, texnologiya kompaniyalari joylashuvi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish qo‘shimcha qiymati va tadqiqot xarajatlari.
Janubiy Koreya oltinchi marotaba reytingda birinchi o‘rinni egalladi, lekin bu safar Germaniya unga juda yaqinlashib oldi, u o‘tgan yil ikki o‘ringa ko‘tarildi. Uchinchi o‘rinda Finlyandiya, to‘rtinchi Shveytsariya, beshinchi Isroil. Shuningdek, Singapur, Shvetsiya, AQSh, Yaponiya va Fransiya ham birinchi o‘ntalikka kirdi.
Eng yaxshi o‘sishni Ruminiya ko‘rsatdi, u olti pozitsiyaga ko‘tarildi va hozir 29-o‘rinni egallab turibdi. Ukraina eng yomon pasayishga ega, u yetti pozitsiya yo‘qotdi hamda 53-o‘ringa tushib ketdi. Xitoy o‘z pozitsiyasini uch punktga yaxshiladi, biroq 16-pog‘onani egallab, baribir top-15ga kirmadi. Rossiya ikki pozitsiyani yo‘qotdi hamda endi 25-o‘rinda.
Reytingda jami 60 mamlakat bor. Oxirgi o‘rinlarni Saudiya Arabistoni, Qatar, Chili, Meksika va Vetnam egallagan. Markaziy Osiyodan birorta davlat reytingda yo‘q.
Mavzuga oid
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024