Darvozabon Ignatiy Nesterov Özbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi öyinlaridagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi. «Tribuna» sayti muxlislari örtasida ötkazilgan sörovnoma yakunlariga köra, faxriy futbolçi 67 foiz ovoz olgan, 10 mingdan ortiq kişi uning nomzodini tanlagan.
Şuningdek, Eldor Şomurodov (23 foiz) ham eng yaxşilardan biri deb topilgan. Javohir Siddiqov, Odil Ahmedov va Otabek Şukurov keyingi örinlarda qolişgan.
Eslatib ötamiz, Ignatiy Nesterov Özbekiston Osiyo Kubogining nimçorak finalida Avstraliyaga penaltilar seriyasida mağlub bölgaç, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. U 2002 yildan buyon terma jamoaning asosiy darvozaboni sanalardi. Nesterov terma jamoa bilan 2011 yilgi Osiyo Kubogida törtinçi örinni qölga kiritgan. U terma jamoa safida jami 105 öyinda darvozani qöriqlagan.
Nesterov 2000-2001 yillarda Samarqandning «Dinamo», 2002-2009 yillarda Toşkentning «Paxtakor», 2009-2013 yillarda poytaxtning boşqa bir jamoasi «Bunyodkor» klubi safida bölgan. 2014 yildan hozirgaça «Lokomotiv» şarafini himoya qilib kelmoqda.

















