Los-Anjyelesda joriy yilda «Oskar» mukofotini olişga nomzodlar ma'lum qilindi.
Eng yaxşi film
Boş sovrin – «Eng yaxşi film» yönalişidagi mukofot uçun nomzodlar sifatida rejissyor Brayan Singerning «Bogema rapsodiyasi» (Bohemian Rhapsody) filmi, Bredli Kuperning «Yulduz tuğildi» (A Star is Born) melodramasi, Alfonso Kuaronning «Roma» (Roma) dramasi, Piter Farrellining «Yaşil kitob» (Green Book) filmi, rejissyor Spayk Lining «Qora klançi» (BlacKkKlansman) filmi, rejissyor Adam Makkeyning «Hokimiyat» (Vice) filmi, Rayan Kuglerning «Qora pantera» (Black Panther) jangari filmi hamda Yorgos Lantimosning «Mahbuba» (The Favourite) komediyasi e'lon qilindi.
Eng yaxşi aktrisa
«Eng yaxşi aktrisa» yönalişida «Oskar» olişga nomzodlar röyxatiga Yalitsa Aparisio («Roma», Roma), Ledi Gaga («Yulduz tuğildi», A Star is Born), Glenn Klouz, («Rafiqa», The Wife), Oliviya Kolman («Mahbuba», The Favourite) va Melissa Makkarti («Meni keçira olasizmi?», Can You Ever Forgive Me) kiritildi.
Eng yaxşi aktyor
«Eng yaxşi aktyor» yönalişida «Oskar»ni olişga Kristian Beyl («Hokimiyat», Vice), Bredli Kuper («Yulduz tuğildi», A Star Is Born), Rami Malek («Bogema rapsodiyasi», Bohemian Rhapsody), Uillem Defo («Van Gog. Abadiylik ostonasida», At Eternity"s Gate) va Viggo Mortensen («Yaşil kitob», Green Book) da'vogarlar sifatida e'lon qilingan.
Eng yaxşi ikkinçi darajali aktrisa
«Eng yaxşi ikkinçi darajali aktrisa» yönalişida «Oskar»ni Emi Adams («Hokimiyat», Vice), Emma Stoun («Mahbuba», The Favourite), Rejina King («Bil-strit gapira olganda», If Beale Street Could Talk), Reyçel Vays («Mahbuba», The Favourite) va Marina De Tavira («Roma», Roma) olişi mumkin.
Eng yaxşi ikkinçi darajali aktyor
«Eng yaxşi ikkinçi darajali aktyor» yönalişida «Oskar»ga Maxerşala Ali («Yaşil kitob», Green Book), Sem Rokuell («Hokimiyat», Vice), Riçard Grant («Meni keçira olasizmi?», Can You Ever Forgive Me), Adam Drayver («Qora klançi», BlacKkKlansman) va Sem Elliott («Yulduz tuğildi», A Star Is Born) da'vogarlik qiladi.
«Oskar»ning 91-taqdimoti 24 fevralda Los-Anjyelesda bölib ötadi.












