Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, televideniyeda ham namoyish etilgan qisqagina video ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda YHXX xodimi «Tez tibbiy yordam» mashinasini to‘xtatgani, haydovchining mashinada bemor borligini bildirganiga qaramay maxsus avtomobilning hujjatlarini olib, o‘zi boshqarib ketgani aks etgan.

Videodagi ovozlarga qaraganda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida kechgani anglashiladigan bu voqeada «GAI» (YHXXning eski nomi hanuz muomalada mustahkam turibdi) xodimi «Tez tibbiy yordam» mashinasi haydovchisining hujjatlarini olib, unga jarima yozmoqchi bo‘ladi. Haydovchi:

– Bu jarimani baribir men to‘lashim kerak? Bering «pravam»ni! – deb e'tiroz bildirganida «GAI» xodimi «Men javob beraman» deydi.

Haydovchi «Javob bera olmaysiz» deya yana e'tiroz bildiradi. Atrofdagilar «Mashinada og‘ir kasal bor, gapingiz bo‘lsa shifoxonaga murojaat qiling» deb luqma tashlaydilar. Ammo «GAI» xodimi baribir borib «Damas»ga o‘tiradi va old o‘rindiqda o‘tirgan hamshiraning «Hech qanday qoidabuzarlik qilmadik. «Migalka»ni yoqmaganimiz uchun to‘xtatishdi», deyishiga qaramay mashinani boshqarib ketadi. Shu yerda video tugaydi va savollar paydar-pay tug‘ilishni boshlaydi.

Biz bu savollarga YHXX nizomi, yo‘l harakati qoidalariga asosan qisqa javoblar berishga harakat qilamiz.

1. YHXX inspektori bemor olib ketayotgan «Tez tibbiy yordam» mashinasini to‘xtatishi va jarima maydoniga olib ketishi mumkinmi?

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, «Tez tibbiy yordam» mashinasi barcha maxsus avtomobillar kabi kechiktirib bo‘lmas xizmatlar chog‘ida, maxsus sirena va mayoqlardan foydalanib harakatlanayotgan chog‘ida yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan ustunlikka, imtiyozlarga ega bo‘ladi.

Aynan videolavhadagi holatda, ya'ni Sheroboddagi voqeada tez yordam avtomobilida og‘ir ahvoldagi bemor mavjudligi holati tasdiqlanmagan. Holat yuzasidan xizmat surishtiruvi davom etmoqda.

2. «Migalka»