Venesuelada ommaviy mitinglar bölib ötmoqda, mamlakatda hokimiyat özgarişi mumkin.

Venesuelaning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro hokimiyatni 2013 yilda partiya böyiça ötmişdoşi Ugo Çavesning ölimidan keyin qölga olgandi. Uning boşqaruvi davrida mamlakatda eng kam iş haqi miqdori 10 dollarga tuşdi, mamlakat aholisining 3 million nafardan ortiği xorijga iş izlab ketişga majbur böldi, qolganlar oçlikda yaşaşga mahkum böldi. 2019 yil yanvaridagi saylovda Maduro yana ğalaba qozondi, ammo Venesuela muxolifati va Ğarb davlatlari prezidentlik saylovi natijalarini tan olişdan boş tortdi.

21 yanvar kuni Venesuela Mudofaa vazirligi poytaxt Karakasda davlat töntarişiga uriniş röy bergani haqida ma'lum qildi. Buning ortidan şaharda mamlakat prezidenti Nikolas Maduro siyosatiga qarşi köp ming kişilik namoyişlar boşlandi va tez orada butun mamlakatda namoyişlarning ulkan tölqini hosil böldi. 23 yanvar kuni AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens Qöşma ştatlar Maduro rejimini noqonuniy deb bilişi, Venesueladagi namoyişlarni qöllab-quvvatlaşini ma'lum qildi.

Bundan ruhlangan Venesuela muxolifati yetakçisi, Milliy assambleyasi (parlamenti) rahbari, 35 yoşli siyosatçi Xuan Guaydo Karakasda ötayotgan miting vaqtida özini muvaqqat prezident deb e'lon qildi.

Xuan Guaydo
Foto: Reuters

U mamlakatda ötiş hukumati şakllantirişga va haqqoniy saylovlar ötkazilişiga, mamlakatdagi giperinflatsiyaga barham berilişiga (Venesuelada yillik inflatsiya 2 mln foizga yetgan) va'da berdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp darhol uni yangi prezident sifatida tan oldi. Trampning Maduroni noqonuniy prezident deb atab, parlamentni — Venesuelada xalq tomonidan qonuniy saylangan yagona qonuniy hokimiyat böğin sifatida e'tirof etdi.

Hafta boşidan buyon davom etayotgan namoyişlar vaqtida politsiya bilan töqnaşuvlar tufayli önlab kişilar halok böldi va yuzdan ortiq kişi qölga olindi. Bu 2017 yilgi namoyişlardan keyingi eng yirik norozilik aksiyalari bölmoqda. Ikki yil muqaddam iqtisodiy inqiroz keltirib çiqargan oçlikdan keyin bölib ötgan tartibsizliklar vaqtida 120 nafardan ortiq namoyişçi öldirilgandi.