Soğlom ovqatlaniş tarafdorlari örtasida kokos suvini iste'mol qiliş tobora ommalaşmoqda. Bu içimlik nimasi bilan foydali? Bunga kimlar köproq e'tibor bergani ma'qul? Bu savollarga birgalikda javob topamiz.
Soğlom turmuş tarzi, ixçam tana hozir juda urfda. Soğlom mahsulotlar bölimlarida kokos suvini uçratiş mumkin. Mahsulotning foydasi haqida suhbatlaşamiz.
Tabiiy izotonik
Izotonik bu – faol jismoniy maşqlardan keyin organizmga yordam beruvçi içimlik. Odatda maşğulotlar vaqtida va jismoniy faollik yuqori bölganida iste'mol qilinadi. Tabiiy izotonik bölgan kokos suvi kuç zaxirasini tezda töldiradi. Yana bir afzalligi – çanqoqni tezda qondirib, organizmdagi suv muvozanatini tiklaydi.

Detoks
Kokosli suv organizmning tozalaniş jarayonida ham yordam beradi. U oğir metall va toksinlarini çiqarib taşlaydi. Uzoq va doimiy ravişda iste'mol qilinganida moddalar almaşinuvi ança yaxşilanadi.
Yoşlik
Kokos suvini doimiy ravişda iste'mol qiladigan kişilar u terining yoşligini uzaytirişini aytişgan. Buning hayron qoladigan jihati yöq. Axir içimlik tarkibida hujayralarning ösişiga ta'sir körsatadigan ösimlik gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravişda iste'mol qiliş teringizga taranglik va yarqiraşni beradi.
Parhez
Içimlik tarkibida yoğlar mavjud emas. 100 gramm suvga 18 kkal töğri keladi. Bu esa boşqa istalgan izotonikka qaraganda kamroq. Şunga qaramay, içimlik mikroelementlarga boy.
Moddalar almaşinuvining tezlaşişi
Kokos suvi metabolizmga ta'sir körsatadi. Bu parhezga amal qiluvçi va tanasini ixçam körinişga keltirişni istaganlar uçun a'lo darajadagi natija.

Iştahaning pasayişi
















