Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nikolas Maduro prezident lavozimini tark etishdan bosh tortdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro prezident lavozimini belgilangan muddat – 2025 yilgacha tark etmasligini aytdi.
Maduro 10 yanvarda 2019 yildan 2025 yilgacha ikkinchi muddatga mamlakat prezidenti sifatida qasamyod keltirgandi.
“Men fuqarolik jamiyati va harbiylar ko‘magida 2025 yilgacha mamlakatni boshqarishni davom ettiraman”, deb aytgan Maduro mamlakat oliy sudi oldida.
“Men Venesuelada adolat tantana qilishini, tinchlik bo‘lishini, ijtimoiy davlat hurmat qilinishini so‘rayman. Agar adolat bo‘lsa, unda respublika ham bo‘ladi, biz respublikani ham, vatanni ham boy bermaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Venesuela prezidenti.
21 yanvardan boshlab Maduroga qarshi ommaviy noroziliklar boshlangan. Mamlakat milliy assambleyasi (parlament) rahbari Xuan Guaido 23 yanvarda o‘zini Venesuela prezidenti deb e'lon qilgan, buni AQSh va Lotin Amerikasining bir qator davlatlari darhol tan olgan.
Shuningdek, Maduro mamlakatning AQShdagi elchixonasi va konsulliklari yopilishini ma'lum qilgan.
“Men Venesuelaning AQShdagi elchixonasi va barcha konsulliklarini yopishga qaror qildim”, deb aytgan Maduro.
U, shuningdek, “AQSh delegatsiyasi yakshanbagacha (27 yanvargacha) mamlakatdan ketishi kerakligini” eslatib o‘tgan.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026