Sport | 11:34 / 25.01.2019
3389
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda velosport bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi

Toshkent shahar hokimligida Germaniya va Shveytsariya ekspertlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxt mezbonligida erkaklar, ayollar, o‘smirlar va nogironligi bor shaxslar ishtirokida velosport bo‘yicha Osiyo chempionatini o‘tkazishning tashkiliy ishlari yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Shuningdek, mazkur mamlakatlarning boy tajribasidan foydalanib, O‘zbekistonda velosport turini ommalashtirish masalalari muhokama etildi.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 22 aprelidan 28 apreliga qadar velosport bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida Osiyo chempionatini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

Chempionatning dastlabki kuni G‘azalkentda start olishi va musobaqaning keyingi kunlari International Hotel Tashkent mehmonxonasi hududidan Chorvoq suv omboriga qadar yo‘lda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid