Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga rossiyalik sayyohlarning tashrifi oshdi
2018 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 2017 yilga nisbatan uch baravarga oshdi va 371,5 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvch Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Uning qayd etishicha, hozirda ikki mamlakat davlat va xususiy turizm operatorlari tomonidan rossiyaliklarning O‘zbekistonda qulay va xavfsiz sayohat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish ustida ish olib borilmoqda.
Avvalroq Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi mudiri Ivan Fetisov Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kirishda bojxona va pasport nazoratidan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelishayotgani haqida shikoyat bilan murojaat qilishlari to‘xtaganini ma'lum qilgandi.
Davlat turizm qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 5,3 million nafarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
10:05 / 03.07.2026
Rossiya Ukraina shaharlariga yangi hujumlar uyushtirdi
09:55 / 03.07.2026