Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Siyosiy qotillik» – rossiyalik siyosatchi AQShning Venesueladagi ishlarga aralashuviga shunday nom berdi
AQShning Venesuelada bo‘layotgan voqealarga aralashuvi siyosiy qotillik hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha Qo‘mitasi a'zosi Adalbi Shxagoshev «L!FE» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Birinchidan, AQShning harakatlarini siyosiy qotillik deb bilaman. Bu butun dunyo bo‘ylab davom etayotgan «rangli inqilob» doirasida sodir bo‘lmoqda. Ular (AQSh nazarda tutilmoqda) «rangli inqilob»ning bunday ko‘rinishdagi namoyishlarini o‘zlari jismonan aralashish imkoniga ega bo‘lgan har qanday davlatda qila oladilar. Takrorlayman, ular jismoniy va harbiy jihatdan aralashishga qurbi yetadigan har qanday davlatda bunday ishlarni qila olishadi»,- deydi siyosatchi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Venesuelada muxolifot yetakchisi Xuan Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qildi va uni birinchilardan bo‘lib AQSh prezidenti Donald Tramp tan oldi.
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin esa Venesuelaning qonuniy hukumatini, xususan Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026