Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelaning eng jasur askarlariga mukofot sifatida hojatxona qog‘ozi berilgan
Hozirgi kunda Venesuela dunyo nigohini o‘ziga qaratib turibdi. Qo‘shhokimiyat o‘rnatilgan bu davlatning har ikki prezidenti o‘zining tarafdorlariga ega. Ammo bu talato‘pning aniq sabablari bor.
Bir qarashda Venesuela dunyoning eng badavlat davlatlaridan biri bo‘lishi kerak. Ajoyib tabiat, qulay geografik joylashuv va eng muhimi o‘ta katta miqdordagi (Rossiyaga nisbatan to‘rt barobar ko‘p) neft zaxiralari. Ammo, shunga qaramay, bu davlatda inflatsiyaning yillik ko‘rsatkichi 2 mln barobarga, ishsizlik va tashqi qarzlar miqdori davlat iqtisodiga nisbatan nomutanosib darajaga yetgani, ko‘plab shaharlarda, xususan poytaxt Karakasda jinoyatchilik, ayniqsa qotillik dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqib ketgani rad etib bo‘lmas haqiqatdir.
Eng zarur mahsulotlar tanqisligi kuzatilayotgan Venesuelada ochlik, boshboshdoqlik va tartibsizliklar iziga tushishi borgan sari qiyinlashmoqda, mitinglar mitinglarga ulanmoqda.
OAVda biri-biridan qiziq ma'lumotlarga duch kelish mumkin. Jumladan, bu mamlakat harbiy rahbariyati eng faol askarlarni rag‘batlantirishning o‘ziga xos usulini qo‘llagan – bunday harbiylarga hojatxona qog‘ozi mukofot sifatida berilgan.
Es acaso un "logro" de Maduro y Padrino entrega a nuestros soldados de artículos higiene personal y además mostrarlo?No respetan la FANB! pic.twitter.com/ham5Zv4n9j
— Henrique Capriles R. (@hcapriles) July 22, 2017
To‘g‘rida, qahatchilik paytida bu ham bir mukofot.
Darvoqe, Venesuela milliy valutasi – Bolivarning aksariyat banknotalari qiymati ular chop etilgan qog‘ozning bahosicha ham emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Maduroning telefon muloqoti tafsilotlari oshkor etilgandi.
Mavzuga oid
08:55
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026
Venesueladagi zilzila: vayronalar ostidagilarni qutqarishga juda kam vaqt qolmoqda
00:11 / 28.06.2026
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1400 nafardan oshdi
08:59 / 27.06.2026