Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro valuta jamg‘armasi ekspertlari tuman soliq inspeksiyalariga tavsiyalar beradi
Joriy yilning 21 yanvaridan 1 fevraligacha Xalqaro valuta jamg‘armasining O‘zbekistonda soliq islohotlarini amalga oshirishda texnik ko‘maklashish bo‘yicha navbatdagi missiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabariga ko‘ra, xorijlik ekspertlarning Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyati hamda mutaxassislari bilan qator uchrashuvlarida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, istiqboldagi chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xususan, soliq ma'muriyatchiligini yuritishda biznes uchun teng raqobat sharoitini yaratish, korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lash, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tkazilishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish, soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadigan zamonaviy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va zarur shart-sharoitlarni yaratishga doir masalalar muhokama etilgan.
Shu bilan birga, yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishning maqbul mexanizmini ishlab chiqish yuzasidan ham fikr almashildi. Bu yo‘lda Xalqaro valuta jamg‘armasi ekspertlari tuman soliq inspeksiyalariga chiqib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishishi hamda mamlakatimizda soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro valuta jamg‘armasi va Jahon banki ekspertlari davlat rahbari tomonidan soliq tizimini isloh qilish bo‘yicha amaliy ishlarning samarali ijrosini ta'minlash uchun texnik tomonlama ko‘mak ko‘rsatish maqsadida jalb qilingan.
Mavzuga oid
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021
Soyadagi iqtisodiyot: Odamlar nega soliqdan qochish va yashirin daromad olishga intilishadi?
15:37 / 18.06.2021