Özbekistonda 2019 yil 1 iyuldan boşlab yöl-patrul xizmatining barça inspektorlari mobil videokamera bilan jihozlanadi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar bergan.

Hukumatning 1 dekabrdagi qarori bilan Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

«Joriy yilning 1 iyulidan boşlab YPX xodimi öz xizmat vazifalarini oçiq, mobil videokameradan foydalanib olib borişga majbur böladi», - deya xabar berişgan IIVdan.

YPX xodimi xizmat vazifasini amalga oşirişda mobil videokameradan foydalanişi va bu haqda yöl harakati qatnaşçilariga ma'lum qilişga majbur.

Eslatib ötamiz, yöl-patrul va patrul-post xizmatlarining barça xodimlari mobil kameralar bilan faoliyat olib borişi zarurligi töğrisida prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning dekabrida Oliy Majlis palatasiga murojaatida ma'lum qilgan edi.