Lissabonni tarixiy tramvaylarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu shaharga tashrif buyurib, ushbu almisoqdan qolgan yoqimtoy harakatlanish vositasini biror marta bo‘lsa-da suratga olmagan kishi bo‘lmasa kerak. Ular shaharni haqiqatan ham bezaydi va uning tashrif qog‘ozi sanaladi.

Darhol tan olish kerakki, Lissabon tramvaylari o‘zining tashqi jozibadorligiga qaramay, foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan, juda noqulay transport vositasidir. Ularning ko‘pchiligi 1936 va 1947 yillar oralig‘ida qurilgan. So‘nggi marta 1995 yilda yangilangan. Shunda ham bor-yo‘g‘i quvvati bo‘yicha sozlamalar o‘rnatilgan va to‘xtash tizimlari almashtirilgan. O‘shandan keyin faqat bo‘yalgan xolos.

Hozirda Lissabonda 45 ta ana shunday tramvaylar 6 ta shahar marshrutlarida shafqatsiz ravishda ekspluatatsiya qilinmoqda. Portugaliya poytaxtiga kelgan har bir yangi mehmon ularning qulayligini munosib tarzda baholay oladi.

Yo‘lovchilar juda ayanchli sharoitlarda manzillariga yetib olishadi. Tramvayning shiftida mana bunday tutqichli charm kamarchalar osilib turadi.

Tarixiy tramvaylar tez-tez ishdan chiqadi. Lissabon tramvaylarining nozikligi va mukammal emasligini tushunish uchun haydovchining qurilmalar taxtachasiga nazar solishning o‘zi yetarli.