Venesuelaga ommaviy noroziliklar fonida mamlakat prezidenti Nikolas Maduroning xavfsizligini kuchaytirish uchun “Kreml bilan bog‘liq” xususiy harbiylar keldi. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda bunday ma'lumot yo‘qligini aytgan.

Ta'kidlanishicha, shu kompaniya a'zolari Suriyada rossiyalik harbiylarni qo‘llab-quvvatlagan.  

Venesuelaga kelgan harbiylarning soni 400 nafarga yetishi mumkin.