Mark Tsukerberg — Facebook ijtimoiy tarmoğining işlab çiquvçilari va asosçilaridan biri, milliarder, Times versiyasiga köra 2010 yil kişisi. Forbes jurnali 2019 yil yanvar oyi holatiga köra, uning boyligini 53,8 milliard dollarga baholadi. 34 yoşli Tsukerberg Forbes naşri tomonidan tuzilgan eng yoş milliarderlar röyxatidan örin olgan.

Foto: Reuters

Kasalliklarga qarşi kuraş

Mark Tsukerberg va uning turmuş örtoği Prissilla Chan 2015 yilning 1 dekabrida, qiz farzandlarining tuğilişiga özlarining Chan Zuckerberg Initiative (CZI) fondi faoliyatini yölga qöyişganida Facebook aksiyalaridagi uluşlarining 99 foizini xayriyaga yönaltirişga va'da berişgan. Şu tariqa ular Bill Geyts va Uorren Baffet tomonidan yuritiluvçi "Hadya qasamyodi" kampaniyasi iştirokçisiga aylanişgan.

Bugunga kelib fond 250 nafar xodimga ega, ularning yarmi - texnologik sektor vakillari. CZI maqsadi — ta'lim va tibbiyotni rivojlantiriş. Fond missiyalaridan biri — kasalliklar profilaktikasi va ularni davolaş uçun ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş.

"Kelgusi yuz yil içida aksariyat kasalliklar, ayniqsa, yurak kasalliklari, saraton, insult, neyrodegenerativ va infeksion kasalliklarning oldini oliş va davolaş uçun real imkonimiz bor".

Mark Tsukerberg

Qator ekspertlar global vazifa soddalaştirilgan bunday missiyani tanqid qilişdi. Biroq dunyoning eng badavlat kişilaridan biri hisoblangan Bill Geyts Tsukerbergni uning taşabbusida qöllab-quvvatladi.

2016 yilda Tsukerberg va Chan kelgusi ön yillikda tibbiy tadqiqotlarni moliyalaştiriş uçun 3 milliard dollar yönaltirişga va'da berişgan, bundan maqsad - dunyodagi barça kasalliklarni yengiş ekani qayd etilgan.

2018 yilning sentyabrida Tsukerberg Facebook aksiyalarini 13 milliard dollarga sotişga va'da berdi. Bugunga kelib u Facebook aksiyalarining deyarli 29 millionini umumiy hisobda 5 milliard dollardan ortiq summaga sotgan va bu mablağni Chan Zuckerberg Biohub tibbiy tadqiqot markaziga yöllagan.

2018 yilning fevral oyi ma'lumotlariga köra, Mark Tsukerberg öz aksiyalarini 500 million dollarlik summaga sotdi - Reuters'da şu haqidagi ma'lumot çop etildi.