«Monako» Jardim qaytganini rasman e'lon qildi. Anri ishdan bo‘shatildi

Foto: REUTERS/Eric Gaillard
«Monako»da bosh murabbiy o‘zgardi.
Knyazlik klubi Leonardu Jardim qaytgani va u bila 2021 yilga qadar amalda bo‘luvchi shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
44 yoshli Jardim «Monako»ni 2014 yildan buyon boshqargan. Uning rahbarligida klub 2016/17 yilgi mavsumda Fransiya chempioni bo‘lgan. 2018 yilning 11 oktyabrida portugaliyalik mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli ishdan bo‘shatildi. Ammo uning o‘rnini egallagan Terri Anri ham vaziyatni o‘nglay olmadi. Qolaversa, fransiyalik mutaxassis monegaskliklar jamoasi futbolchilari bilan ziddiyatga bordi va rahbariyat uni ham iste'foga chiqardi.
21 turdan keyin «Monako» 15 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
Jardim 26 yanvar kuni «Dijon»ga qarshi o‘yinda jamoani boshqarmaydi, ammo klub bilan safar o‘yiniga boradi. Bu o‘yinga jamoani Frank Passi boshlab tushadi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya O‘zbekistondagi loyihalarga investitsiya kompaniyalarini jalb qilishga ko‘maklashadi
O‘zbekiston | 14:14
-
2024 yilda Rossiyaga sanksiya ostidagi tovarlarni olib kirish keskin kamaydi
Jahon | 13:55
-
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi
Jahon | 13:40
-
Yetakchi institutlar Germaniyaning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Jahon | 13:39
Mavzuga oid

21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi

13:57 / 03.08.2023
«Arsenal» «Monako»ni yengib Amirliklar kubogini qo‘lga kiritdi

09:58 / 10.04.2021
Aytilmagan izhor. Meliyev, Ashurmatov, Anri, Di Kanio

18:06 / 03.07.2020