«Çelsi» hujumçisi Alvaro Morata «Atletiko»ga ötayotgani munosabati bilan fikrlarini bildirib ötdi.
Ispaniyalik futbolçi 27 yanvarga ötar keçasi Madridga uçib keldi va «Atletiko» uçun tibbiy körikdan ötişi arafasida intervyu berdi.
Transfer haqida
«Men juda baxtiyorman, faoliyatimning yangi bosqiçini boşlamoqdaman. Men bu kunni köp kutdim.
Men hali tibbiy tekşiruvlardan ötişim kerak.
Yangi jamoadoşlarim bilan ilk maşğulotni sabrsizlik bilan kutmoqdaman».
«Real»dagi faoliyati haqida
«Hamişa yonimda bölgan odamlar men hozir nimalarni his qilişim va ertaga nimalarni his qilişimni yaxşi tuşunişadi. Ular men keyingi kunlarni qanday ötkazganimga guvoh. Men baxtiyorman.
Har kimning öz fikri böladi va bu normal holat, men bunday vaziyatda nima qilişim kerakligini bilaman.
Men faoliyatimni «Atletiko»da boşlaganman, köpçilik bu nimani anglatişini yaxşi tuşunadi.
Ötmiş – ötdi, biz uni ortga qaytara olmaymiz.
Men özim qilgan işlardan faxrlanaman, umid qilamanki, ertaga barçasi yaxşi böladi», – degan Morata.
U 27 yanvar kuni kunduzi tibbiy körikdan muvaffaqiyatli ötdi.
«Xudoga şukr, barçasi yaxşi», – degan Morata tibbiy körikdan keyin.
Qayd etiş kerakki, Morata «Atletiko» klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi, ammo u «matrasçilar»ning yoşlar jamoasida faqat ikki yil öynagan, keyinroq Madridning boşqa bir klubi «Real» safiga ötib ketgandi.
Ayni vaqtda 26 yoşda bölgan Morata «Çelsi»ga 2017 yilning yozida «Real»dan kelib qöşilgandi. Uning transferi öşanda londonliklarga 66 mln yevroga tuşgandi. U Angliya çempionatining joriy mavsumida 16 öyinda maydonga tuşdi. Forvardning ingliz klubi bilan şartnomasi muddati 2022 yilga qadar tuzilgan. Ammo jamoaga Gonsalo Iguain kelişi tufayli u asosiy tarkibdagi örnini yöqotişi ma'lum böldi.
«Atletiko» esa Moratani 18 oy muddatga 7,5 mln yevro evaziga ijaraga olmoqda. Madridliklar keyinroq uni 40-45 mln yevro evaziga töla sotib olişlari ham mumkin.












