Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelaning AQShdagi harbiy attashesi Guaydoni prezident deb tan oldi
Venesuelaning AQShdagi elchixonasi harbiy attashesi Xose Luis Silva Nikolas Maduro bilan “aloqalar uzilganini” e'lon qildi va mamlakat qurolli kuchlarining boshqa vakillarini Xuan Guaydoni Venesuelaning qonuniy prezidenti deb tan olishga chaqirdi. Bu haqda el Nuevo Herald nashri ma'lum qildi.
Oq uyning milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Garrett Markis bu qarorni qutlagan.
“Venesuelaning Vashingtondagi harbiy attashesi vaqtinchalik prezident Xuan Guaydoga konstitutsiyaviy sodiqligini tasdiqladi”, deb yozgan Markis tvitterda.
Uning ta'kidlashicha, bu “harbiylarning vazifasi diktatorlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘z xalqini bostirishdan emas, konstitutsiyaviy tartibni himoya qilishdan iboratligiga misol hisoblanadi”.
Karakasda 23 yanvarda amaldagi prezident Maduroga qarshi ommaviy noroziliklar boshlandi. Parlament spikeri Guaydo shu kuni o‘zini muvaqqat hukumat amal qilishi davriga mamlakatning vaqtinchalik rahbari deb e'lon qilgan.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026