Bugun Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Media markazida «Özbekistonda yoşlarga oid davlat siyosati: islohotlarning yangi davridagi muhim vazifalarga zamonaviy yondaşuv va muammolar tahlili» mavzusida Xalqaro press klubning jonli efirdagi sessiyasi bölib ötdi. Unda bir qator vazirlik, idora va taşkilot vakillari iştirok etdi.

Muloqot davomida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisining birinçi örinbosari Alişer Sa'dullayev Özbekiston Yoşlar ittifoqi tomonidan ötgan yil mobaynida amalga oşirilgan işlar sarhisobi va 2019 yilgi iş rejaga kiritilgan vazifalar xususida ma'lumot berdi.



Tizimning joriy yilgi faoliyati davomida yoşlar bandligini ta'minlaş, yangi iş örinlari yaratiş va ular örtasida jinoyatçilikning oldini olişga alohida e'tibor qaratilişi ta'kidlandi. Şuningdek, 2018 yilda taşkil etilgan «Yoşlar – kelajagimiz» jamğarmasi ötgan 6 oy mobaynida 3 ming 141 ta biznes loyihaga jami 403,2 milliard söm miqdoridagi imtiyozli kredit mablağlari ajratilib, 19 ming 991 ta yangi iş örinlari yaratilganligiga alohida urğu berildi. Işsiz yoşlar bilan işlaş, ularni manzilli aniqlaş hamda bandligini ta'minlaş maqsadida 1 ming 328 marta mehnat yarmarkalari ötkazilib, 46 ming 62 nafar yoşlarning bandligi ta'minlanganligi aytib ötildi.


Yoşlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga qaratilgan loyihalar natijasida sodir etgan jinoiy qilmişidan çin köngildan puşaymon bölgan 456 nafar yoş Özbekiston Yoşlar ittifoqi hududiy Kengaşlarining «Yoşlar kafilligi» asosida sud zalidan ozod qilinib, 18 yoşdan 30 yoşgaça bölganlar örtasidagi jinoyatçilik 29,9 foizga, voyaga yetmaganlar jinoyatçiligi esa 37,1 foizga kamayganligi ma'lum qilindi.











