Andijon şahar hokimligi özi muassis bölmagan naşrga körsatma bermoqda, deya xabar beradi Ishonch gazetasi.

Xabarda keltirilişiça, şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev 2018 yilning 8 oktabr va 22 noyabr sanalarida ikkita qaror qabul qiladi. Har ikki qaror matnida "Andijonnoma" tahririyati ijro etişi” nazarda tutilgan bandlar mavjud.Vaholanki, bu gazeta taşkiliy işlarida şahar hokimligining daxli yöq. U viloyat hokimligi muassisligidagi naşr hisoblanadi.

Xabar muallifi Nurillo Nö'monovning yozişiça, «Şahar hokimiyati va tahririyat binosi bir-biridan atigi 20 qadam masofada joylaşgan bölsa-da qarorlarning nusxalari biri 55 kun, ikkinçisi roppa-rosa 100 kun ötib ─ şu yilning 17 yanvar kuni gazeta jamoasi qöliga kelib tuşadi. Muhimi bu ham emas. Qiziği, hokim qarorining «...rasman e'lon qilingandan boşlab 3 oydan keyin kuçga kiradi» degan bandiyam bor. Aytaylik, viloyat gazetasi tahririyati yuqoridagi qonun talabi hamda subordinatsiya tamoyillariga tayanib uni e'lon qilmasa, hokimning qarori kuçga kirmay qolaveradimi?»​

«Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida»​gi qonunda «Yuqori turuvçi davlat hokimiyati organlari öz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar quyi organlarning ijrosi uçun majburiydir»​ (27-modda) deb belgilab qöyilgan. «Andijonnoma»​ viloyat hokimligi muassisligidagi naşr, ya'ni şahar hokimligidan yuqori turuvçi organ hisoblanadi», – deya muallif öz fikrini dalillagan.