Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD), Global ekologik jamğarma va «Davergeodezkadastr»​ qömitasi bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan loyiha mablağlari hisobidan Buxoro viloyatida yangi örmon barpo etilmoqda.

Unga köra, Qoraköl tumanining Qoraköl davlat örmon xöjaligi hududida 1000 gektar, Qoraköl ixtisoslaşgan davlat örmon xöjaligi hududida esa 300 gektar, jami 1300 ga maydonda qora saksavul niholi kandim va çerkez ösimliklarining uruği bilan birgalikda ekildi. Bu haqda BMT vakili Kun.uz'ga xabar berdi. 

Uşbu işlar «Özbekistonning toğli, yarim çöl va çöl landşaftlarida suğorilmaydigan qurğoqçil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinişi natijasida tabiiy resurslardan foydalaniş bosimini kamaytiriş» loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda. 

«Qişning seryomğir va çöl ösimliklarini ekiş uçun maqbul bölgan vaqtidan unumli foydalangan holda ozuqabop çöl ösimliklarini ekilişi yuqori unuvçanlik natijalarini beradi. 

Uşbu ösimliklar ösib çiqqanidan söng örmon xöjaligiga hududida «Yaşil qalqon» – yaşil ihotazorlarni taşkil qilib, bioxilma-xillikni ta'minlaş, qum köçişining oldini oliş va ularning maydonini kamaytiriş, ekologiya musaffoligini ta'minlaş bilan birgalikda bu hududlarda hayvonot dunyosining hayotini tiklaş va rivojlantiriş, boşqa turdagi ösimliklarni ösişi uçun maqbul şaroitlar yaratiş, örmon xöjaligi hududlarini ekologik-iqtisodiy jihatdan rivojlantirişga barqaror poydevor böladi», – deyiladi BMT axborotida. 

Ma'lum qilinişiça, loyiha mablağlari hisobidan Qoraköl tumanida tabiiy örmonlar maydonini kengaytirişga hissa qöşiş bilan bir vaqtda tuman fermer xöjaliklari uçun 63 ming dona sifatli, serhosil tut köçatlari yetkazib berildi. 
Uşbu köçatlar yordamida suğoriladigan yer maydonlarining atrofida tizimli ihotazorlar yoki maxsus tut plantatsiyalari taşkil qilinişi rejalaştirilgan.​