Tojikiston gaz taqsimlaş kompaniyasi bu yil Özbekistondan tabiiy gaz qabul qilib olişni tört barobar oşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Aziya Plyus xabar berdi.
«Biz bu yil Özbekistondan 200 million kub metrgaça tabiiy gaz sotib olişni rejalaştirmoqdamiz», - deya xabar berdi Duşanbeda 28 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida «Tojiktransgaz» OAJ rahbari birinçi örinbosari Şavkat Şoimzoda.
Uning qayd etişiça, ikki mamlakat gaz taqsimlaş kompaniyalari örtasida prinsipial kelişuvga erişilgan, uning tafsilotlari muhokama qilinmoqda, şundan söng hujjat imzolanadi.
«Tojiktransgaz» vakilining eslatişiça, qöşni mamlakatdan bu turdagi yoqilğini yetkazib beriş ötgan yilning aprel oyi boşlarida deyarli olti yillik uzilişdan söng qayta tiklangan.
Şoimzodaning ta'kidlaşiça, ötgan yili respublikaga deyarli 54 million kub metr özbek gazi yetkazib berildi.
Uning sözlariga köra, hozirgi vaqtda yigirmadan ortiq korxona, jumladan, Tojikiston alyuminiy kompaniyasi va Duşanbe IEM import qilinadigan tabiiy gaz bilan ta'minlanmoqda.
«Tojiktransgaz» vakilining qayd etişiça, iste'molçilar soni har oy ortib bormoqda.
Uning ta'kidlaşiça, yuqori bosimdagi quvurlar hozirgi kunga qadar töliq tiklandi, örta bosimdagi quvurlarni ta'mirlaş böyiça işlar olib borilyapti.
Aholining gaz ta'minoti, uning sözlariga köra, past bosimdagi quvurlar tiklanganidan keyin boşlanadi.
«Tojiktransgaz»ning moliyaviy holati hozirça faqat korxona balansidagi infratuzilmani ta'mirlaş imkonini beradi», - dedi Şoimzoda.
Uning qöşimça qilişiça, gaz taqsimlaş korxonasi balansida bölmagan quvurlar iste'molçilar hisobidan tiklanadi.












