Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 yanvardagi PQ-4137-sonli Qaroriga muvofiq şu kunga qadar Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi raisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Asamov Anvar Damiroviç Davlat bojxona qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning şu qarori bilan şu kunga qadar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taşqi savdo faoliyatini, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti mudirining örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Rahimov Baxtiyor Abduğani öğli Davlat bojxona qömitasi raisining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
















