30 yanvar kunidan boşlab, Toşkent şahar IIBB YHXB, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi MIB xodimlari bilan hamkorligida yöl harakati qoidalarini buzganligi uçun jarimani öz vaqtida tölamagan haydovçilarni aniqlaş va ularning avtotransport vositalarini jarima maydonçalariga kiritiş tadbirlari boşlandi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasiga asosan (“Transport vositalarini uşlab turiş va körikdan ötkaziş asoslari va tartibi») transport vositalarini uşlab turiş va körikdan ötkaziş qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan uşlab turiş sababi bartaraf etilgunga va ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körilgunga qadar amalga oşirilişi mumkin.

Xususan, jarima soliş töğrisida qaror çiqargan vakolatli organ rahbari maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali qayd etilgan yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça transport vositalarini jarima soliş haqidagi qaror çiqarilgan kundan e'tiboran oltmiş kun ötgaç, jarima soliş töğrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan iş yuritiş tugaguniga qadar uşlab turiş töğrisida yozma körsatma beradi.