Saudiya Arabistonining munitsipalitetlar ishlari bo‘yicha vazirligi korrupsiyada ayblangan 126 amaldorni lavozimidan bo‘shatdi. Vazirlik bu haqda tvitterda ma'lum qildi.

Vazirlikda ta'kidlanishicha, amaldorlar 15 ta shahardagi, jumladan Ar-Riyod va qirollikning iqtisodiy poytaxti Jiddadagi bo‘limlardan bo‘shatilgan. 

2017 yil kuzda Saudiya Arabistoni hukumati valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon boshchiligida korrupsiyaga qarshi katta ko‘lamli kampaniyani boshlagan. Bu kampaniya davomida yuzlab siyosatchilar, tadbirkorlar va qirollik oilasi a'zolari hibsga olingan. Ulardan aksariyati davlatga aktivlarining bir qismini berish evaziga ma'lum vaqtdan keyin ozodlikka chiqqan.