Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning Rossiya va XXR tahdid ekani haqidagi bayonotiga javob berdi
Foto: TASS/Ivanov Artem
Xitoy TIV rasmiy vakili Gen Shuan Amerika tomonining XXR va Rossiya global xavfsizlikka tahdid solishi to‘g‘risidagi bayonotini rad etdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap dunyodagi vaziyatga ta'sir qiluvchi qudratli davlatlar haqida ketmoqda, ularning hamkorligi esa umumiy xavfsizlik va barqarorlikka yordam beradi.
«XXR va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘z rivojida misli ko‘rilmagan yuqori darajaga yetdi, bizning mamlakatlarimiz har tomonlama sheriklik aloqalarini qo‘llab-quvvatlamoqda», - dedi Shuan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy - Rossiya hamkorligi boshqa mamlakatlarga bosim o‘tkazish yoki qarama-qarshilikni nazarda tutmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
07:42
«Raqib emas, hamkor bo‘laylik» – Tramp va Si uchrashuvining birinchi kuni qanday o‘tdi?
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
22:20 / 14.05.2026
Zelenskiy Rossiyaning eng keng ko‘lamli hujumiga javob tayyorlashni buyurdi
22:10 / 14.05.2026