Buyuk Britaniyada Leyboristlar partiyasining sobiq deputati Fiona Onasanya maşinada tezlikni oşirgani uçun jarimani tölaşdan qoçiş maqsadida politsiyaga yolğon sözlagani uçun 3 oylik qamoq jazosi oldi. Bu haqda The Times naşri xabar berdi.
Onasanya qamoq jazosi olgan ilk britaniyalik ayol deputat, şuningdek, oxirgi 28 yil içida qamaladigan ilk deputat böldi.
Sud qaroriga köra, 35 yoşli ayol maşinasi soatiga 30 mildan köp yurib bölmaydigan hududda 41 mil tezlik bilan harakatlangani qayd qilingandan keyin maşinasi rulida kim bölgani borasida politsiyaga yolğon körsatma bergan.
Voqea 2017 yil iyulda yuz bergan. Maşina tezlikni oşirgani qayd qilingandan 9 kun ötib deputat sudlanişi mumkinligi haqida ogohlantiriş olgan va öz ukasiga tegişli şaklni töldirişga ruxsat bergan.
Ayolning ukasi şaklda maşina egasi sifatida sobiq ijaraçini körsatgan va opasining imzosiga öxşatib imzo qöygan. Ayol 2 noyabrda şakl böyiça söroq qilinganda politsiyaga yolğon sözlagan.
Şundan keyin Onasanya partiyadan çetlatilgan, biroq mustaqil deputat bölib qolmoqda. U qamoq jazosini ötayotgan vaqtda ham 77 ming funt sterlinglik maoşini olaveradi.
Britaniyada deputatlar 12 oydan köproqqa qamalsalar, öz lavozimlaridan avtomatik tarzda mahrum böladilar.
Onasanya esa jazo muddatining yarminigina qamoqda ötkazişi mumkin, çunki u uy qamoği huquqiga ega böladi. Bu sxema 3 oydan 4 oygaça jazo muddatini ötovçilarga elektron braslet taqiş va komendantlik soatiga amal qiliş şarti bilan ertaroq ozodlikka çiqiş imkonini beradi.












