AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «maxfiy maslahatçi» sifatida qaraydi. Bu haqda tahlilçilar Amerikaning CNN telekanali efirida ma'lum qilişdi.

CNN ekspertlari 2018 yil noyabr oyida Buenos-Ayresdagi G20 sammitida yuz bergan Putin va Trampning yakkama-yakka suhbatini muhokama qildilar. Bu haqda avvalroq Financial Times gazetasi Rossiya tomonidan bölgan öz manbalariga asosan yozgandi. Ularning ma'lumotlariga köra, uçraşuvda ham yordamçilar, ham stenografçilar yoki tarjimonlar bölmagan. Ta'kidlanişiça, suhbat 15 daqiqa davom etgan, uning davomida yetakçilar Suriyadagi vaziyat va Kerç böğozida ukrainalik dengizçilar bilan sodir bölgan hodisani muhokama qilişgan.

«Tramp bu holatda Putinga milliy xavfsizlik böyiça maxfiy maslahatçi sifatida munosabatda bölmoqda. U bilan birga köp vaqt yolğiz qolmoqda hamda «nozik» mavzularda suhbatlaşib, undan ma'lumot olyapti hamda hattoki öz jamoasida bölmagan ma'lumotni Rossiya hukumatiga bermoqda», - deyiladi efirda.

Şu tariqa, Tramp öziga nisbatan Rossiya tomonining manipulyatsiya qilişi uçun mustaqil ravişda köproq imkoniyatlar taqdim etmoqda, deya ta'kidlanadi CNN materialida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp va Putin G20’da 15 daqiqa yakkama-yakka suhbatlaşgani xabar berilgandi.