«Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Maruan Fellayni Xitoyga uçib ketişi oldidan aeroportda tuşgan suratini «Instagram» sahifasiga joyladi.
Suratga «Qani ketdik» yozuvi tuşirilgan.

Sky Spors xabariga köra, 31 yoşli belgiyalik Xitoy çempionatida 3-örin sohibi «Şandun Lunen» klubi bilan 3 yillik şartnoma töğrisida kelişib olgan. U yangi klubi uçun allaqaçon tibbiy körikdan ötib ulgurgan va barça rasmiyatçilik işlari yakunlangaç, transfer haqida rasman ma'lum qilinadi.
Xitoyliklar Fellayni uçun «MYu»ga 10 mln funt tölaşmoqda.
Maruan ötgan yozda «qizil iblislar» bilan şartnomasini 2020 yilgaça uzaytirgan edi. Uning klubdan ketişi yetarliça öyin amaliyotiga ega böla olmayotgani bilan boğliq. Dekabr örtalarida boş murabbiy etib tayinlangan Ole-Gunnar Sulşer hozirga qadar unga maydonda jami 31 daqiqa imkoniyat berdi xolos. Xavbek hozir jarohatidan soğayiş bosqiçini ötamoqda.
Ayni paytga kelib, Maruan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga uşbu suratni ham joylaştirib, unga «Sizlarni soğinaman», deb izoh yozdi.













