Özini prezident vazifasini vaqtinça bajaruvçi deb e'lon qilgan Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo YeI davlatlari prezident Nikolas Maduroga qöyilgan ultimatumni bajarişiga işonçi komilligini bildirdi.
26 yanvar kuni agarda sakkiz kun içida Venesuelada prezident saylovi bölib ötişi haqida e'lon qilinmasa, Yevropa ittifoqi davlatlari Xuan Guaydoni mamlakatning vaqtinçalik prezidenti sifatida tan olişga tayyorligini bildirgandi.
"Işonçim komil, bu qat'iy nuqtai nazar bölib, yaqin kunlarda ultimatum bajariladi, bu esa biz venesuelaliklar uçun muhim asos bölib xizmat qiladi", - dedi Guaydo Ispaniyaning Pais naşriga bergan intervyusida.
Ayni paytda AQŞdan taşqari, Kanada, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Peru, Paragvay, Çili, Argentina, Kosta-Rika, Gvatemala, Honduras, Gruziya, Fransiya, Ukraina, Albaniya va Buyuk Britaniya hukumatlari Guaydoni Venesuelaning vaqtinçalik davlat rahbari sifatida tan oldi.
Öz navbatida, Rossiya, Xitoy, Kuba, Eron, Boliviya, Urugvay, Meksika, Salvador, Nikaragua, Suriya va Turkiya kabi davlatlar Maduro tarafida.













