Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marixuana sotayotganda ushlangan shaxsning uyidan 1,5 kilogrammdan ortiq giyohvandlik moddasi topildi
2019 yil 25 yanvar kuni Sirdaryo tumanida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Uning natijasida Sirdaryo shahrida yashovchi A.S. “Beshbarmoq” kafesida 32,55 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasini 1 250 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tadbir davomida ushbu fuqaro uyidan 1 kg. 619 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi ham topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
22:59 / 05.05.2026