Toşkent propiskasini oliş dardida tunlari bilan uxlolmay çiqayotgan yurtdoşlarimiz köpçilikni taşkil qilişi bor gap. Agar lof deb qabul qilmasangiz, menga ham deyarli har kuni propiskaga oid savollar kelib tuşadi.
Savollardan kelib çiqib, huquqiy tomondan propiskaga kirişning birmunça oson yölini eslatib ötmoqçiman.
Xabaringiz bor, yaqinda Toşkentda propiskasi bölmagan şaxslar ham istalgan narxdagi yangi uylardan birini sotib olsa, 1-band böyiça propiskaga kirişi belgilandi. Avvalgilarga öxşab, kamida EKIH 2500 baravari degan çeklov bekor böldi.
Garçi Prezident Farmonida 2018 yilgi davlat dasturida propiskasiz şaxslarga ham ikkilamçi bozordan uy sotib olişga ruxsat beriş belgilangan bölsa-da, ammo bu band bajarilmadi (qoyil, birorta taşkilot bunga izoh bermadi-ya, jimmmmgina unutişdi). Mayli, gap hozir bu haqida emas.
Xullas, köpçilikda yangi uylardan sotib oliş uçun imkoniyat bölmasligi mumkin. Bugungi kunda «yangi uy» va «arzon» degan tuşunçalar yer va osmon kabi bir-biriga qarama-qarşi.
Yoki ayrimlarda uy oliş uçun ehtiyojning özi yöq. Sababi uning şundoq ham Toşkentda uyi bor, faqat özining propiskasi bölmagani uçun, biror tanişining nomiga rasmiylaştirişga majbur bölgan. Ular öz uyini (!) öz nomiga (!) ötkaziş uçun esa propiska olişi kerak va buning uçun yana falon pul sarflab yangi uylardan sotib oliş «nevygodno» albatta.
❗️Layfxak
Agar şu kabi muammolar qiynayotgan bölsa, unda sizlarga maslahatim, yangi uylarni bir kişi emas, bir neça kişi pul qöşib, sotib olsangiz böladi.
Bu nima degani?
Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga binoan, ikki yoki bir neça şaxs şartnoma imzolaşi mumkin. Ya'ni, biror mulkni albatta 1 kişi sotişi yoki 1 kişi sotib olişi şart emas. Taraflar köpçilik bölişi mumkin.
Şundan kelib çiqib, yangi qurilayotgan uylarni 3-4 kişi örtaga pul taşlab (uluş qöşib) sotib olişi ham mumkin. Bunday holda propiskaga oid qonun hujjatlariga binoan, sotib oluvçi tomon neça kişi bölsa, ularning hammasi 1-band böyiça propiskaga kiradi.
Oddiy misol aytaman. Masalan, meros huquqi asosida yuzaga keladigan vaziyatni olaylik. Aytaylik, 1 kişi Toşkentdagi öz uyini propiskasi yöq bölgan 3 kişining nomiga vasiyat qilib qoldirdi. Bunday holda uy egasining vafotidan söng, öşa uçala merosxörning nomiga uy rasmiylaştiriladi (kadastrdan ham ötkaziladi) va natijada öşa 3 kişi Toşkentdan propiska oladi. Yangi uylardan bir neça kişi sotib olişda ham xuddi şunaqa böladi.











