UFC prezidenti Dana Uayt Nevada ştati atletik komissiyasining rossiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi Xabib Nurmagomedovning 9 oyga musobaqalardan çetlatilişi qaroriga izoh berdi. 

Nurmagomedov komissiya qaroriga köra Konor Makgregorga qarşi jangdan keyin yuzaga kelgan mojaro uçun 9 oyga çetlatildi va 500 ming dollarlik jarimaga tortildi. 

“Meni Xabibning diskvalifikatsiyasi muddati ajablantirdi. Yarim million dollarlik jarima va u ijtimoiy işlarga rozi bölsa, 6 oylik çetlatiş, fikrimça, öta qattiqqöldir. Biroq bizda nima bölsa, şunga egamiz”, deb aytgan Uayt.

Uayt, şuningdek, sportçilarning yonini olgan.

“Bu kuraş. Qanday boqma, biroq bu kuraş. Ba'zida jangçilar bir-birini yoqtirmaydigan vaziyatlar uçraydi. Xuddi şu vaziyat bu gal ham bölgan. Biz qiladigan barça narsa bu kuraşdir. Jangçilar bir-birlariga jirkanç sözlar aytişga könikib ketişgan, bundan qoçib bölmaydi”, deb qöşimça qilgan UFC  prezidenti.

Nurmagomedov 2018 yil 6 oktyabrda ötgan jangdan keyin oktagondan sakrab ötib, raqibining sparring-şerigi Dilon Denis bilan urişib ketgan va murabbiylar hamda boşqa sportçilar örtasida muştlaşuv kelib çiqişiga sababçi bölgan.

Mojaroning yana bir iştirokçisi bölgan Makgergorga 6 oylik diskvalifikatsiya va 50 ming dollarlik jarima tayinlangan.