Xususiy tadbirkorlar yuridik şaxs taşkil etmasdan şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatini qisqartiriş taklif etilmoqda.

Norma’ning yozişiça, loyihada röyxatdan «Şişa idişlar va ikkilamçi xomaşyoni qabul qiliş xizmatlari (metall çiqindilaridan taşqari)» pozitsiyasini çiqarib taşlamoqçilar. Ya'ni Davlat ekologiya qömitasining (loyihani işlab çiquvçi) taşabbusi ma'qullansa, xususiy tadbirkorlar şişa idişlar va ikkilamçi xomaşyoni qabul qiliş bilan şuğullana olmaydilar.

Biroq ötiş davri – 3 oy nazarda tutilmoqda, bu vaqt davomida mazkur faoliyat turini amalga oşiradigan barça xususiy tadbirkorlar yuridik şaxs sifatida röyxatdan ötişlari mumkin. Davlat xizmatlari markazlari bunda ularga yordam beradilar.

Eslatib ötamiz, 2019 yil 1 yanvardan Röyxatga köp özgartirişlar kiritildi. Xususan, ilgari xususiy tadbirkorlar amalga oşirişiga ruxsat berilgan bir qator faoliyat turlari undan çiqarib taşlandi. 

Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.