Har oyda Özbekistonliklar OK xizmati orqali 1 milliondan ortiq qönğiroqlarni amalga oşiradilar, ijtimoiy tarmoqdagi videolar esa 20 million martadan ortiq tomoşa qilinadi. Eng yuqori ösiş sur'ati 2018 yilning ikkinçi yarmida qayd etildi – faol foydalanuvçilar soni 2 milliondan oşdi. Tadqiqotlar Özbekistonda joylaşgan foydalanuvçilar asosida olib borilgan.

Foto: Odnoklassniki

Har oy Özbekistonda OK'ga 2 milliondan köp foydalanuvçilar kiradi, bunda 2018 yilning ikkinçi yarmidagi foydalanuvçilar sonining ösiş sur'ati sönggi bir neça yillar içidagi eng yuqori ösiş deb qayd etildi. Özbekistonlik foydalanuvçilarning asosiy qismini erkaklar taşkil qiladi: erkak foydalanuvçilar uluşi 77 foizni taşkil etdi. Davraning asosiy qismini 18-25 va 26-35 yoşdagi kişilar taşkil etadi.

Muloqot

MDH davlatlari örtasida özaro xabarlaşuvlarda Özbekistonliklar barçadan köra faolroq bölib çiqdilar: kunlik auditoriyaning 32 foizi uşbu xizmatdan foydalanadi. Soliştiriş uçun jahon böyiça örtaça körsatkiç – OK davrasining 25 foizini taşkil etadi.

Özbekistonliklar köproq OK'ning mobil ilovasidan foydalanadilar (1 million foydalanuvçi). 2018 yilda Odnoklassniki ovozli va videoqönğiroqlarni, şu jumladan ommaviy guruhli qönğiroqlarni qayta işga tuşirdi. Sun'iy intellekt negizidagi xususiy moslaşuvçan texnologiya yordamida ommaviy konferensiyaga aloqaning yuqori sifatini saqlagan holda 100 tagaça foydalanuvçilarni ulaş imkonini beradi. Özbekiston hududida ovoz va videoqönğiroqlar soni oyiga 1,1 millionga yetdi.

 

Kontent

OK'ning faol va sodiq davrasi har kuni katta hajmdagi axborot almaşişi bilan, tarmoqning yuqori faolligini saqlab kelmoqda. Foydalanuvçilar köp hollarda körib çiqilgan qiziqarli kontentni muhokama qiladilar va uni öz akkauntlarida ulaşadilar. Yangiliklar tasmasidagi e'lonlarni köriş bir yilda 35 foizga ösdi. Bunda foydalanuvçilar brend kontentlarini muhokama qilişga faol jalb etilmoqdalar. Şu tariqa, 2018 yil yakunlariga köra, obunaçilar soni böyiça eng taniqli guruh Özbekistondagi yirik uyali aloqa kompaniyalardan birining hamjamiyati böldi.

2018 yilda har oyda e'lonlarga qöyiladigan “klass” baholari 50 milliondan oşdi, ularning jamlangan miqdori bir yil içida 17 foizga köpaydi.