Blumberg dunyodagi eng boy 500 kişining reytingini yangiladi. Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik biznesmen Alişer Usmonov öz boyligini yil boşidan beri 1,29 milliard dollarga oşirib, Bloomberg Billionaires Index (BBI) reytingining 68-örnini egalladi.

65 yoşli Usmonov Rossiyaning eng yirik temir ruda işlab çiqaruvçisi - «Metalloinvest»ni nazorat qiluvçi USM Holding Rossiya investitsiya guruhi 48 foiziga egalik qiladi. Öz navbatida, u «Megafon» operatori ustav kapitalining 56,3 foiziga egalik qiluvçi «AF Telekom Xolding» MÇJ yagona iştirokçisidir.

Usmonov jd.com va Alibaba, Airbnb hamda Spotify internet-riteylerlaridan uluş xarid qilgan va Rossiyaning «Kommersant'» gazetasini nazorat qiladi, deyiladi reytingga qoldirilgan izohda.

2019 yil 1 fevral holatiga köra, Usmonovning boyligi 15,4 milliard dollarga baholanmoqda. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Alişer Usmonov 2018 yilda qança pul yöqotgani ma'lum bölgandi.