Gripp eng keng va tez tarqaladigan ötkir yuqumli kasallik bölib, deyarli dunyoning barça mamlakatlarida uçraydi. Bu kasallik uçun mavsumiylik xos bölib, asosan kuz va qiş oylarida köp holatda röyxatga olinadi. Gripp kasalligi körsatkiçlarini mavsumiy kötarilişi yilning noyabr - mart oylariga töğri keladi. Gripp virusining A, V va S turlari mavjud.
Kasallik manbai faqat bemor odam hisoblanadi. Kasallik atrofdagi soğlom odamlarga asosan havo-tomçi yöli bilan bemor aksirganda, yötalganda, gaplaşganda tez yuqadi. Havoda saqlanib turgan gripp virusi soğlom odamga tezda yuqadi. Kasallikning birinçi belgilari paydo bölgunga qadar bir neça soatdan 3 kungaça vaqt ötadi. Kasallik tösatdan, ötkir boşlanadi.
Gripp kasalligiga barça yoşdagilar moyil, ayniqsa zaif (nimjon, ya'ni immun holati past) bolalar, keksa yoşdagi kişilar, homilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bölganlarda, ya'ni immuniteti past kişilarda tez rivojlanadi va oğir keçadi.
Gripp nafas yöllarining yalliğlanişi bilan boşlanib, keyinçalik bemorda tana harorati 38-40 darajaga kötarilişi, boş va tomoq oğrişi, burun bitişi, burundan suyuqlik ajralişi, yötal, muşaklarda oğriq, holsizlik, iştahani buzilişi ba'zi hollarda qusiş holatlari kuzatiladi. Kasallik bemorlarda yengil, örta va oğir şakllarda keçadi. Kasallikning eng xavfli asoratlari öpka töqimalarini yalliğlanişi pnevmoniya (zotiljam), meningit (miya pardasining yalliğlanişi), meningoensefalit (miya pardasini va moddasining yalliğlanişi), otit (örta quloqning yalliğlanişi, sinusit (burun yondoş böşliklarning yalliğlanişi), nefrit, piyelonefrit (buyrakning yalliğlanişi).
Şuning uçun ham xalq orasida grippning özi emas, balki uning asoratlari yomon degan fikr bejiz aytilmagan. Ba'zida, ya'ni grippning yengil şakllari bilan oğrigan bemorlar atrofdagilar uçun köproq xavf tuğdiradi, çunki bunday bemorlar aksariyat hollarda uyida davolanmasdan, kasalligiga yetarli darajada e'tibor bermay, oyoqda ötkazadilar. Ularni kasal holatida jamoat joylarda, barça transportlarda, öqiş va iş joylarda uçratiş mumkin.
Grippni oldini olişda quyidagilarni tavsiya etamiz:
- grippga qarşi emlaniş;
- mavsumga xos kiyiniş;
- öz vaqtida ovqatlaniş va dam oliş;
- xonalarni vaqti-vaqti bilan şamollatib turiş va kunda namli tozalov işlarini ötkaziş;












