Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havosi eng ifloslangan shaharlar reytingi tuzildi

Foto: Judy Koutsky
Serbiya poytaxti havosi ifloslanganlik bo‘yicha jahon antirekordini o‘rnatdi. Shahar bu borada dunyoning barcha shaharlarini ortda qoldirdi, deb ma'lum qildi Telegraf nashri.
Nashrning ma'lum qilishicha, 31 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 9:11da Belgradda havo sifati indeksi (AQI) 399 birlikni tashkil qilgan, bu esa har qanday inson salomatligiga jiddiy xavf soladi. Biroq bu o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, shaharning ba'zi tumanlarida AQI barcha mumkin bo‘lgan me'yorlardan oshib ketgan. Havoda kul, zaharli moddalar zarralari va tutun miqdori me'yordan oshgani qayd qilingan.
Ro‘yxatda 2-o‘rinni Belgraddan ancha farq bilan Dehli (AQI 195 birlik), 3-o‘rinni Katmandu (188) egallagan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarini Kalkutta (4-o‘rin, Hindiston), Laxor (5-o‘rin, Pokiston), Vuxan (6-o‘rin, Xitoy), Skope (7-o‘rin, Makedoniya), Daqqa (8-o‘rin, Bangladesh), Changdu (9-o‘rin, Xitoy) va Poznan (10-o‘rin, Polsha) egallagan.
Serbiyalik ob-havo mutaxassislari ifloslanganlikning bunday yuqori darajasini ob-havo sharoiti bilan tushuntirishgan. Ularning ta'kidlashicha, shaharni qamrab olgan kuchli tuman zararli moddalarga atmosferada tarqalishiga imkon bermagan. Oqibatda mashinalardan chiquvchi gazlar va uylarni pech bilan isitish shunday rekord ifloslanishga olib kelgan.
Dunyoda qabul qilingan me'yorlarga ko‘ra, AQI indeksi bo‘yicha 0 dan 50 gacha havo tozaligi indeksi yaxshi, havo ifloslanganligi kichik, 51 dan 100 gacha qoniqarli, 101 dan 150 gacha ta'sirchan kishilarga nosog‘lom, 151 dan 200 gacha nosog‘lom deb hisoblanadi va istalgan odamning sog‘lig‘iga putur yetkazishi mumkin. AQI indeksi 201 dan 300 gacha bo‘lsa, havo tozaligi o‘ta nosog‘lom bo‘ladi. 300 ko‘rsatkichi esa har qanday inson uchun xavf soluvchi xavfli ifloslanganlik darajasini belgilaydi.
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

11:40 / 30.06.2025
Belgradda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar qurmoqda

20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda

12:54 / 04.03.2025
Qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

15:31 / 12.02.2025