Özbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov, katta ehtimol bilan, BAAda yakunlanayotgan Osiyo Kubogida eng köp seyvni amalga oşirgan darvozabon böladi.

35 yoşli Nesterov musobaqaning 4ta öyinidan 2tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qolib, jami 21ta seyvni amalga oşirdi.

Ignatiydan keyingi örindagi, Özbekiston kabi nimçorak finaldan kuraşni töxtatgan Iordaniya termasi posboni va sardori Amir Şofiy öz darvozasiga yöllangan 20ta zarbani qaytarib qolişga erişgan. Iordaniyani musobaqadan çiqarib yuborib, özi çorak finalda iştirokini yakunlagan Vetnam darvozaboni Dang Van Lam 16ta seyv bilan yuqori uçlikni yakunlab berişi mumkin.

Statistikaga köra, finalçilar Yaponiya va Qatar terma jamoalari posbonlari Şuiçi Gonda va Sa'd Aş-Şiyb mos ravişda 11 va 10tadan seyv namoyiş etişiga töğri kelgan. Bu borada Aş-Şiybning körsatkiçini e'tirof etiş mumkin, u finalgaça bölgan 6ta bahsni töliq ötkazib, öz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, aniq yöllangan 10ta zarbaning barçasini muvaffaqiyatli bartaraf etdi.

Eslatib ötamiz, BAA-2019 Ignatiy Nesterov uçun beşinçi Osiyo Kubogi böldi. Bu – turnirdagi rekord natija. Musobaqadan söng u tez orada terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasaşini ma'lum qildi. Yanvar oyi oxirida esa «Lokomotiv»dan Saudiya Arabistonining «Uhud» klubiga ötdi.

«Tribuna.uz» tomonidan 10 mingdan ortiq respondent iştirokida ötkazilgan sörovnomada Nesterov Özbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi.