Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzurida avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti huzurida avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin.

Belgilab qo‘yilishicha, Markaz Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining tarkibiy tuzilmasiga kirib, avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash yo‘nalishidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

o‘quv jarayonining metodik va axborot bazasini yangilash hamda takomillashtirish, shuningdek, o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, oliy ta'lim muassasalaridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda o‘quv jarayonini takomillashtirish;

yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari, kompaniyalari va hamkorlar bilan birgalikda o‘qituvchilar, talabalar va mutaxassislar almashish va stajirovkadan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;

avtomobil yo‘llarini qurish va ta'mirlash yo‘nalishidagi mutaxassislarning zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash borasidagi kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni ta'minlaydi:

Markazning tashkiliy tuzilmasi va nizomini tasdiqlash;

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda, zamonaviy talablar va ilg‘or xorij tajribasidan kelib chiqib o‘quv rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;