Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Vazirlar Mahkamasining Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari - «Qishloq qurilish bank» ATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Ipoteka bank» ATIB, AT «Xalq banki», «Asaka bank» ATB va «O‘zsanoatqurilishbank» ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi to‘g‘risidagi 2009 yil 25 maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning:

a) 2-band:

oltinchi xatboshi (hozirda - arzon uy-joy — xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2, 3 xonali) uylar, aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar) quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«arzon uy joy — ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli uy-joylar, 0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4 va 5 xonali uy-joylar»;

o‘ninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«boshlang‘ich badal – Qarz oluvchining ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) uy-joylar, 0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar smeta qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi yoki maydoni 0,04 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar va maydoni 0,06 ga bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3, 4, 5 xonali uylar smeta qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchilarning) yoki yuridik shaxsning - Qarz oluvchining ish beruvchisining yoki boshqa shaxslarning Qarz oluvchining nomiga bankda ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari shaklidagi o‘z mablag‘lari»;