Olimlar AQŞning Şimoli-ğarbiy universiteti (Illinoys ştati) galereyasida örta asrlarga tegişli “Katalon atlasi” qölyozmasining reproduksiyasini taqdim qilişdi. Olimlarning fikriça, unda tarixdagi eng boy odam tasvirlangan. Bu haqda Live Science portali ma'lum qildi.

Xarita 1375 yilda hozirda Ispaniya tarkibiga kiruvçi Malorka orolida yaratilgan. Kompozitsiya markazida, savdo yöllari kesişgan joyda Afrikadagi qirol Mansa Muso qölida oltin tanga bilan tasvirlangan.  

Muso 9-asrning birinçi yarmida Mali davlatiga 30 yilga yaqin hukmronlik qilgan. Körgazma kuratori Ketlin Bikford Berzokning aytişiça, qirol mintaqada oltin qazib olinişini töliq nazorat qilgan. Bu yerlardan olingan oltin eng sof hisoblangan va şu bois bozorda eng talabgir bölgan.

“Hozirgi kunda biror kim bunday boylikka egaligini tasavvur qiliş qiyin”, deb ta'kidlab ötgan Berzok.

9-asrda Mali oltini yetakçi valuta bölgan dinorlarni zarb qilişda qöllangan. Öşa vaqtlarga mansub arab matnlari mazmuni tangalar Muso nazoratidagi hududlardan olingan oltindan zarb qilinganini tasdiqlaydi.