Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaluga yaqinida bolalar avtobusi ag‘darilib ketdi. 7 kishi halok bo‘ldi
3 fevral kuni tongda Rossiyaning Kaluga oblasti hududida, «Kaluga-Vyazma» yo‘nalishida harakatlanayotgan bolalar avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. «MAN» rusumli avtobus yo‘lning 128-kilometrida ag‘darilib ketgan.
YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, shundan 3 nafari bolalardir.
Ma'lum qilinishicha, avtobus halokatiga yo‘llar muzlagani sabab bo‘lgan.
Bu avtobusda Yarsevodagi musiqa maktabi bolalari Kaluga shahriga, konkursda qatnashish uchun ketayotgandi.
Ayni vaqtda FVV xodimlari voqea joyida qutqaruv ishlarini yakunlashgan, 28 kishi shifoxonaga yotqizilgan, shundan 24 nafari bolalardir.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobusda jami 48 kishi bo‘lgan, shundan 33 nafari bolalar.
Avtobus haydovchisi qo‘lga olingan va dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Mavzuga oid
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026
Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
13:47 / 09.06.2026
Navoiyda Tico yuk mashinasi yo‘liga chiqib ketdi
21:03 / 06.06.2026