Belgiyada velotrek böyiça ötkazilayotgan «International Belgian Track Meeting” xalqaro musobaqada Özbekiston vakili Olga Zabelinskaya omnium yönalişida oltin medalga sazovor böldi. Mazkur yönalişda kumuş va bronza medallar Polşa va Belgiya sportçilariga nasib qildi.

MOQ ma'lumotlariga köra, musobaqada Özbekiston şarafini Zabelinskayadan taşqari, Yekaterina Knebeleva va Murod Xolmurodov himoya qilmoqda.

Zabelinskaya 2 fevralda omnium böyiça ötgan musobaqada 192 oçko bilan oltin medalni qölga kiritdi. 2-örinni polşalik Lotte Kopetski (167 oçko) va 3-örinni belgiyalik Marta Yaskulska (159 oçko) egalladi.

Musobaqalarda 15 davlatdan sportçilar iştirok etmoqda.

Ta'kidlaş joizki, musobaqada 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida iştirok etiş uçun reyting oçkolari uçun kuraş olib boriladi.