Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida, şuningdek, xavfli işlab çiqariş obektlarida sanoat xavfsizligi sohasida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş sohasida yagona davlat siyosati amalga oşirilişi va nazorat qilinişi uçun mas'ul bölgan vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.
Davlat sanoat xavfsizligi qömitasining öz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda boşqa taşkilotlar va jismoniy şaxslar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi.
Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
viloyatlar va Toşkent şahar hududiy boşqarmalar;
Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi;
Angren kon-texnika inspeksiyasi;
Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi;
Harbiylaştirilgan kon-qutqaruv qismi;
"Sanoat xavfsizligi" DUK;
"Kontexnazoratöquv’' DUK;
"Sanoat nazorati laboratoriyasi” DUK.
Quyidagilar Davlat sanoat xavfsizligi qömitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
atom energetikasi va yadro texnologiyalari obektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş, şuningdek, xavfli işlab çiqariş obektlarida sanoat xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini yuritiş böyiça işni muvofiqlaştiriş va nazoratni amalga oşiriş:
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, yer qaridan foydalanişda işlarni olib boriş xavfsizligi hamda istirohat boğlari attraksionlaridan foydalaniş borasidagi qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan rioya etilişi ustidan davlat nazorati va tekşiruvini amalga oşiriş;
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlaş borasida respublikada yoqilği-energetika kompleksi va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantiriş böyiça strategik rejalar va dasturlarni işlab çiqişda iştirok etiş;












