Grand Pharm kompaniyasi 31 yanvar kuni Toşkent şahridagi boş ofisida özining faol xodimlarini munosib sovğalar bilan taqdirladi. Şu kuni respublika böylab samarali mehnat qilgan uçta eng yaxşi filial vakillariga avtomobillar sovğa qilindi. Natijalarga köra, 2018 yilda sotuv hajmining ortişiga katta hissa qöşgan Farğona, Buxoro va Xorazm viloyati filiallari eng yaxşi uçlik deb topildi.

Farğona viloyati filiali rahbari Jahongir Umarov (birinçi örin):

"Grand Pharm preparatlari juda ham hamyonbop va sifatli bölganligi sababli xalq tomonidan yaxşi qabul qilinmoqda. Farğona viloyati ötgan yilning yakunlariga köra sotuv hajmi böyiça birinçi örinni qölga kiritdik. Bu albatta bizni rağbatlantirib, joriy yilda yanada köproq işlarni amalga oşirişimizga yordam beradi".

Buxoro viloyati filiali rahbari Sanjar Qurvonaliyev (ikkinçi örin):

"Buxoro viloyati ötgan 2018 yilda samarali mehnat qilib, kompaniya umumiy sotuv hajmining 15 foizini taşkil etdi. Bu juda ham yaxşi körsatkiç. Bugun bizga maşinaning kaliti topşirildi. Bu esa zimmamizga yana katta mas'uliyatni yuklaydi. Bizning asosiy rejamiz - 2019 yilda dorixonalar sonini oşiriş va faoliyatimizni kengaytirişdir".

Xorazm viloyati filiali menejyeri Nurbek Sapayev (uçinçi örin):

"Tinimsiz sa'y-harakatlar natijasida bugun bizning Xorazm viloyati vakillari kompaniya tomonidan avtomaşina kaliti bilan taqdirlandi. Bu biz uçun yangi yilda yanada köproq mehnat qilib, sifatli xizmat körsatiş hamda qulay yetkazib berişni ta'minlaşga yanada köproq ilhom beradi. Joriy yilda biz işçilar sonini kengaytirib, aholini kerakli dori mahsulotlari bilan öz vaqtida ta'minlaşni reja qilganmiz". 

Bundan taşqari, kompaniya qolgan faol xodimlarga rağbatlantiruvçi sovrinlar sifatida telefon, planşetlar hamda dam oliş zonalariga bepul yöllanmalar ham hadya etdi. Har bir hududiy filialga esa sovutgiç, mikrotölqinli peç, televizorlar ulaşildi. Bu albatta malakali xodimlarni yanada samarali mehnat qilib, joriy yilda ham yaxşi natijalarni qayd etişlarida muhim rol öynaydi.