DW xabariga köra, fojia 28-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:53 da, Toledo provinsiyasining Urda aholi punkti yaqinida sodir bölgan. Madrid - Sevilya yuqori tezlikdagi temiryöl liniyasida harakatlanayotgan AVE 2080 yölovçi poyezdi yölda töxtab turgan Iryo 6076 poyezdining oxirgi vagoniga borib urilgan.

Rasmiylar maʼlumotiga köra, kamida 68 kişi halok bölgan. Kastiliya - La-Mança mintaqasi hukumati vakili AFP agentligiga 100 dan ortiq kişi jabrlangani, ularning 58 nafari şifoxonaga yotqizilganini bildirgan. 15 kişining ahvoli öta oğir deb baholanmoqda.

Germaniya yordam taklif qildi

Germaniya kansleri Fridrix Mers X ijtimoiy tarmoğida Toledo yaqinidagi fojia haqidagi xabar uni larzaga solganini yozdi.

«Biz ispaniyalik döstlarimiz va yaqinini yöqotgan barça insonlarning qayğusiga şerikmiz. Yaradorlarga tezroq soğayişni tilaymiz», - dedi u.

Germaniya taşqi işlar vaziri Yohann Vadeful esa Berlin Ispaniyaga zarur yordamni körsatişga tayyorligini bildirdi. Uning aytişiça, ispaniyalik hamkasbi bilan muloqotda Germaniya aholisining hamdardligini yetkazgan.

Germaniya transport vaziri Şteffen Bilger ham qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, qutqaruvçilar va jabrlanganlarga kömaklaşayotgan barçaga minnatdorlik izhor qildi.

Yevropa rahbarlari hamdardlik bildirdi

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen qurbonlarning oilalariga murojaat qilib, «Bugun Yevropa siz bilan birga qayğurmoqda», deb yozdi.

Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta Ispaniya xalqini qöllab-quvvatlaşini bildirib, qutqaruvçilarga minnatdorlik izhor qildi. Yevroparlament raisi Roberta Metsola esa halok bölganlarning yaqinlari dardiga şerik ekanini taʼkidlab, jarohatlanganlarga tez va töliq soğayişni tiladi.

Yevropa xalq partiyasi rahbari Manfred Veber ham uşbu oğir paytda Ispaniya xalqi bilan birga ekanini bildirdi.

Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes fojia uni qattiq larzaga solganini yozib, barça jabrlanganlar va ularning oilalariga hamdardlik va qöllab-quvvatlovini izhor qildi.