Angliya çempionatining 25-turida «Mançester Yunayted» «Lester» mehmoni böldi va 1:0 hisobidagi ğalabaga erişdi.

Öyin taqdirini 9-daqiqada Markus Reşford tomonidan urilgan gol hal qildi. Unga Pol Pogba assistentlik qildi.

Bu ğalaba Ole Gunnar Sulşerning «qizil iblislar» boşqaruvidagi mağlubiyatsiz seriyasi davom etişi böldi (9 ğalaba va 1 durang).

Endilikda «MYu» oçkolari sonini 48taga yetkazgan va turnir jadvalida «Arsenal»ni quvib ötib (londonliklar 24 öyinda 47 oçko jamğargan, 25-tur öyini bugun «Mançester Siti»ga qarşi keçadi) beşinçi öringa kötarilgan. «Lester» 32 oçko bilan 11-örinda qolgan.

Angliya çempionati
25-tur
Lester – Mançester Yunayted 0:1
Gol: 0:1 – 9 Reşford.
Lester – Şmeyxel, Evans, Çiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Mendi, Ndidi, Meddison (Gazzol, 62), Grey (Okadzaki, 74), Barns, Vardi.
Mançester Yunayted – De Xea, Bayi, Şou, Yang, Lindelef, Errera, Matiç, Pogba, Lingard (Jons, 89), Sançes (Marsiyal, 67), Reşford (Lukaku, 78).
Ogohlantirişlar: Lingard (20), Vardi (32), Matiç (42), Mendi (45), Ğazzol (81).