Saudiya Arabistoni çempionatida 18-tur öyinlari bölib ötmoqda. Bu turda Özbekiston terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov «Uhud» klubi safida debyut qildi.
Turnir jadvalida sönggi örinni egallab turgan Madina şahri jamoasi öz maydonida örta poğonalardagi «Al-Ittifoq»ni qabul qildi va 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Öyinda Nesterov töliq 90 daqiqa harakat qildi.
Uşbu ğalaba «Uhud»ning çempionat bu mavsumidagi ikkinçi uç oçkosi böldi. Bunga qadar jamoa faqat noyabr oyi boşida ğalaba qozongan, oxirgi 9ta öyinda faqat mağlubiyatga uçrab kelayotgan edi.

















